SJ News II - шаблон joomla Авто
Saturday, 29 August 2020 07:37

“Bilimkent” seminarining 9-ma’ruzasi: O‘zbekiston tarixining buguni va ertasi

Rate this item
(1 Vote)

O‘zbekiston Respublikasining 29 yilligiga bag’ishlab “Bilimkent” seminari doirasida masofaviy ma’ruza bo’lib o’tdi. O’zR FA Tarix instituti direktori t.f.d., prof. Azamat Ziyo “O’zbekiston tarix fanining buguni va ertasi: muammolar va yechimlar” nomli mavzu bilan chiqish qildi.  Seminar 27 avgust kuni Kumushkon maskanida bir qancha mutaxassislar va onlayn kuzatuvchiklar ishtirokida o’tdi.

 

 

Mavzu doirasida O’zbekiston tarixining davrlashtirish muammolari, yosh kadrlar istiqboli, tarixda talqin uslublari tahlil qilindi. Adabiyotshunos, etnograf, arxeolog, falsafa va xitoyshunos olimlar tomonidan savol va mulohazalar berildi. Xususan, yosh kadrlarni yangi tadqiqot bilan tanishtirish maqsadida Arxeologiya milliy markazi va O’zR FA Tarix institituning jurnallari o’zbek tilining lotin imlosida chop etilishi kelishib olindi.

 

 

Seminar so;nggida O’zR FA SHI Yosh olimlar kengashi raisi Hilola Nazirova tarix fanlari doktori Azamat Ziyoga qiziqarli va tahliliy ma’ruza uchun barcha ishtirokchilar nomidan minnatdorchilik bildirdi.

 

Read 987 times Last modified on Monday, 31 August 2020 07:48

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…