SJ News II - шаблон joomla Авто

"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

O'zbekistondagi Islom Sivilizatsiyasi markazida "Buyuk ajdodlar merosi - III Renessans poydevori" O'zbekiston olimlari forumi jarayonlari.

Joriy yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida Institutimiz sobiq xodimi, ayni vaqtda AQShning Kolumbiya universiteti professori Aziza Shanazarovaning 2020-yilda “Brill” nashriyotida chop etilgan “Manifestations of a Sufi Woman in Central Asia: A Critical Edition of Ḥāfiẓ-i Baṣīr’s Maẓhar al-ʻajā’ib” hamda Kembrij universiteti nashriyotida 2024-yilda nashr etilgan “Female Religiosity in Central Asia” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur asarlar Markaziy Osiyoda mavjud bo‘lgan so‘fiylik tariqati a’zolari bo‘lgan xotin-qizlar tadqiqiga bag‘ishlangan.

 

Tadbirda ushbu kitoblarning ilmiy ahamiyati va muallifning ilmiy faoliyati borasida Sharqshunoslik instituti direktori t.f.d. prof., B.Abduhalimov, direktor o`rinbosari t.f.d. prof., S.Karimova, TDShU rektori f.f.n. prof., G.Rixsiyeva, AQShning Indiana universiteti professori Devin Devis, “Yangi O‘zbekiston” Universiteti prorektori, PhD., H.Nazirova hamda Institutimiz katta ilmiy xodimi t.f.n., N.Toshevlar so‘zga chiqib, mazkur kitoblar va uning muallifi haqida o`zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 

YOSH SHARQSHUNOSLARNING XIX AN'ANAVIY RESPUBLIKA KONFIRENSIYASI

2024-yil 23-may kuni  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik Institutiga Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Shahzoda Saud Al Faysal nomidagi diplomatik taqdiqotlar instituti delegatsiyasi  tashrif buyurdi.

 Delegatsiyani institut direktori prof. B.Abduhalimov kutib oldi. Delegatsiyaga institutning ilmiy faoliyati,  institut ilmiy-tadqiqot bo‘limlari, institut xodimlari  tomonidan nashr  etilgan kitoblar va yangi bino qurilishi bo‘yicha  ma’lumot berib o‘tildi. Mehmonlarga institutning faoliyati,  ilmiy nashrlari va yangi binosi juda katta ta’surot qoldirib, iliq qabul uchun katta minnatdorchilik bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Page 2 of 63

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…