SJ News II - шаблон joomla Авто

""Adolat" sosial-demokratik partiya Siyosiy Kengashi raisi"

Saturday, 27 August 2022 03:03

Аbu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlanadi

Rate this item
(0 votes)

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Аbu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilindi.
Xususan, mazkur qaror bilan Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʼiston boʼlimi va Xorazm Maʼmun akademiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularda madaniy meros obyektlari, shu jumladan, arxeologiya merosi obyektlari, muzey ashyolarini restavratsiya va konservatsiya qilishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil qilish hamda ularni zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash hamda Аbu Rayhon Beruniy merosini oʼrganish maqsadida xalqaro miqyosda keng koʼlamli ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini eʼlon qilish, shu mavzuda ilmiy, badiiy-publitsistik asarlar yaratish, xorijiy olimlarning asarlarini oʼzbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilish belgilandi.

Read 491 times

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…