SJ News II - шаблон joomla Авто

""Adolat" sosial-demokratik partiya Siyosiy Kengashi raisi"

Monday, 10 October 2022 08:03

Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz taqdirlandi

Rate this item
(0 votes)

Davlatimiz Rahbarining “Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʼttiz bir yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʼliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʼgʼrisida”gi Farmoniga muvofiq bir guruh vatandoshlarimiz mukofotlandi. Ular orasida Fanlar akademiyasi xodimlari ham bor.

 “Oʼzbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni bilan

Egamberdiyev Shuxrat Аbdumannapovich - Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Аstronomiya instituti direktori.

 

“Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan

Filanovich Margarita Ivanovna - Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazi yetakchi ilmiy xodimi

“Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan sogʼliqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan

 

Аripova Tamaraxon Oʼktamovna - Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori.

 

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Аbdullaev Fatxulla Xabibullayevich - Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi.

“Shuhrat” medali bilan

Eshonova Salimaxon Nishonbek qizi - Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Аbu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti boʼlim boshligʼi.

 

Taqdirlanganlarni davlatimizning yuksak mukofotlari bilan qutlaymiz hamda kelgusidagi faoliyatlarida muvafaqqiyatlar tilaymiz.

Read 273 times

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…