SJ News II - шаблон joomla Авто

""Adolat" sosial-demokratik partiya Siyosiy Kengashi raisi"

Thursday, 26 October 2023 03:24

Mutafakkirlarimizning ilmiy merosi

Rate this item
(0 votes)
“Mutafakkirlarimizning ilmiy merosi, nodir qo‘lyozmalarini mahalliy hamda Eron olimlari hamkorligida chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
 

2023-yil 24-oktabr kuni Madaniy meros agentligida soha mutaxassislari ishtirokida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi. Ushbu majlisda Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Tursunali Kuziyev, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining sharqshunos, tarixchi, manbashunos mutaxassislari ishtirok etishdi. 

Yig‘ilishda “Mutafakkirlarimizning ilmiy merosi, nodir qo‘lyozmalarini mahalliy hamda Eron olimlari hamkorligida chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish” mavzusi muhokama qilindi. 

“Tarixiy taraqqiyot davrida ajdodlarimiz tarafidan yozilgan ko‘plab asarlarning qo‘lyozma nusxalari bugungi kunda Eron Islom Respublikasida va u yerlarda yozilgan ayrim asarlarning nusxalari esa O‘zbekistonda saqlanmoqda”- dedi direktorning birinchi o‘rinbosari Tursunali Kuziyev.

Qayd etilishicha, Erondagi qo‘lyozmalar orasida Abduxoliq G‘ijduvoniy, Abu Sa’id Termiziy, Alisher Navoiy, Ahmad Yassaviy, Badriddin Muhammad Chochiy, Ismat Buxoriy, Kamoliddin Husayn Xorazmiy, Mas’ud Suzaniy Samarqandiy, Mir Abdulloh Husayniy Termiziy, Muhammad Ziyo Bedil Buxoriy, Riyoziy Samarqandiy, Sayfi Buxoriy, Sirojiddin Bisotiy Samarqandiy, Xayoliy Buxoriy, Hakim at-Termiziy, Husayn Boyqaro, Shavkat Buxoroiy kabi mutafakkirlarimizning noyob qo‘lyozma asarlari saqlanayotgani muhokama qilindi.  

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan ikki davlatning ma’naviy merosi bo‘lgan ushbu qo‘lyozmalar ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, tarjima ishlarini amalga oshirish va ma’naviy merosimizni keng targ‘ib qilish ishlari xususida fikr-mulohazalar bildirdilar.

Ma’lumot uchun: 2023-yil 18-19-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Tehron shahriga brogan edi. Tashrif davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida qator kelishuvlarga erishilgan edi.

 

https://madaniymeros.uz/news/711?lang=uz-latn

Read 210 times

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…