SJ News II - шаблон joomla Авто

"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Friday, 30 August 2024 09:51

YOZGI MAKTAB ISHTIROKCHILARING TASHRIFI

Rate this item
(0 votes)

2024-yil 28-Avgust kuni  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga  Yosh sharqshunoslarning II yozgi maktabi ishtirokchilari va shuningdek, O‘zbekistonda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining  Xalqaro nadaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Efimovich Shvidkoy yosh sharqshunoslarni tabriklash va ular bilan fikr almashish maqsadida instutga tashrif buyurishdi.  Institut direktori Prof. B.Abduhalimov mehmonlarga institut faoliyati va kelajakda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar haqida ma’ruza qilib berdi. Shundan keyin bir nechta ma’ruzachilar o‘z mavzulari va hozirgi  sharqshunoslikning dolzarb masalalari yuzasidan ma’ruzalar qilishdi. Ma’ruzalar tugaganidan keyin institut faoliyati va amalga oshirilayotgan ishlar haqida mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar berishdi.

 Undan keyin mehmonlarga institutning restavratsiya va skanerlash bo‘limlari ko‘rsatilib, yangi bino qurilishi  bo‘yicha  ma’lumotlar berildi. Mehmonlarga institutning faoliyati, yangi binosi va ilmiy nashrlari juda katta ta’surot qoldirib, iliq qabul uchun katta minnatdorchilik bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Read 127 times Last modified on Friday, 30 August 2024 10:02

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…