Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Italiyada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekistonning bu davlatdagi elchixonasi hamda Rim shahridagi Sandro Teti Editore nashriyot uyi tomonidan “Boburnoma”ning italyan tilidagi tarjimasi taqdimotlari o‘tkazilmoqda.
Tadbirda italiyalik atoqli olim, professor Franko Kardini, Palasso Strossi majmuasi prezidenti, Italiya Senati aʼzosi Rekardo Nenchini, Sandro Teti Editore rahbari Sandro Teti, O‘zR FA vitse-prezidenti, professor Bahrom Abduhalimov, O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Abat Fayzullayev, Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov va boshqalar so‘zga chiqib, “Boburnoma”ning bu yerda nashr etilishi ikki davlat o‘rtasidagi ijtimoiy-maʼnaviy aloqalar rivojida muhim voqea bo‘lganini taʼkidladi.