SJ News II - шаблон joomla Авто

""Adolat" sosial-demokratik partiya Siyosiy Kengashi raisi"

Monday, 09 December 2019 15:39

GRAN-PRI VA MAXSUS DIPLOM SOHIBASI

Rate this item
(2 votes)

2017 yil sentyabr oyida O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Yosh olimlar kengashiga rais etib saylangan Hilola Nazirova bugungi kunga qadar samarali faoliyat olib bormoqda. U, avvalo, Kengash a'zolarini birdamlikda ish olib borishga undadi. Kengash doirasida tashkillashtirgan "Bilimkent" seminari xalqaro maqomga erishdi. H.Nazirova taklifi bilan seminarda nutq so‘zlagan olimlarning ma’ruzalari yosh olimlarning tadqiqotlarga metodologik yondashuvini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Yosh olimaning jonkuyar mehnatlari O'zR FA Yosh olimlar kengashi  tomonidan ham javobsiz qolmadi. Kuni kecha tashkillashtirilgan O'zR FA Yosh olimlar kengashi Respublika konferensiyasida Hilola Nazirova va uning jamoasi o‘ttiz beshta institut orasida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi yosh olimlar kengashi jamoasi” tanlovida ishtirok etib, bosh sovrin – Gran-pri va maxsus diplom sohibi bo‘ldi.

Read 1236 times Last modified on Monday, 09 December 2019 16:00

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…