SJ News II - шаблон joomla Авто

"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Wednesday, 12 June 2024 09:49

TAQDIQOT VA TAQDIMOT

Rate this item
(0 votes)

Joriy yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida Institutimiz sobiq xodimi, ayni vaqtda AQShning Kolumbiya universiteti professori Aziza Shanazarovaning 2020-yilda “Brill” nashriyotida chop etilgan “Manifestations of a Sufi Woman in Central Asia: A Critical Edition of Ḥāfiẓ-i Baṣīr’s Maẓhar al-ʻajā’ib” hamda Kembrij universiteti nashriyotida 2024-yilda nashr etilgan “Female Religiosity in Central Asia” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur asarlar Markaziy Osiyoda mavjud bo‘lgan so‘fiylik tariqati a’zolari bo‘lgan xotin-qizlar tadqiqiga bag‘ishlangan.

 

Tadbirda ushbu kitoblarning ilmiy ahamiyati va muallifning ilmiy faoliyati borasida Sharqshunoslik instituti direktori t.f.d. prof., B.Abduhalimov, direktor o`rinbosari t.f.d. prof., S.Karimova, TDShU rektori f.f.n. prof., G.Rixsiyeva, AQShning Indiana universiteti professori Devin Devis, “Yangi O‘zbekiston” Universiteti prorektori, PhD., H.Nazirova hamda Institutimiz katta ilmiy xodimi t.f.n., N.Toshevlar so‘zga chiqib, mazkur kitoblar va uning muallifi haqida o`zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 

Read 195 times

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…