SJ News II - шаблон joomla Авто

"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Saturday, 06 July 2024 02:20

“Ozbekiston – 2030” strategiyasi

Rate this item
(0 votes)

“Ozbekiston – 2030” strategiyasida beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 100 ta muhim maqsad qamrab olingan. Xususan, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish, aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish, aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish, xalqqa xizmat qilishi shart bo‘lgan adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash kabi g‘oyalar aks etganligi e’tirof etildi.

 


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi tushunchalarni Fanlar akademiyasi olimlari, ilmiy jamoatchilik orasida keng tushuntirishga bag‘ishlangan tadbir 2024 yil 5- iyul kuni Fanlar akademiyasida bo‘lib o‘tdi.Tadbirni Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov olib bordi.

 


Tadbirda olimlar, akademiklar, yosh tadqiqotchilar, besh mingdan ortiq ilmiy xodimlar online va ofline tarzda ishtirok etdi. Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti olimlarining ma’ruzlarida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ilm-fanga qaratilgan e’tibor va muhim jihatlariga to‘xtalishdi.
Strategiyadagi jami 100 ta maqsad quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha taqsimlangan.Birinchi ustuvor yo‘nalish: Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan 44 ta maqsad, ya’ni 1-maqsaddan – 44-maqsadgacha ushbu ustuvor yo‘nalish tarkibiga kiradi. Aynan mana shu yo‘nalishda ilm-fan taraqqiyoti uchun muhim omillar belgilab berilgani bugungi tadbirda e’tirof etildi. Tadbir so’ngida Akademiya yoshlari o‘z fikr-mulohazalarini ham bildirishdi.

 

Read 137 times Last modified on Saturday, 06 July 2024 02:24

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…