2024-yil 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida “O‘zbekiston-O‘man” do’stlik jamiyatini tashkil etish uchun yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig‘ilishni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori Prof. B. Abduhalimov ochib berdi.
B.Abduhalimov o‘z nutqida O‘zbekiston xorij davlatlari bilan har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirayotgan bir davrda, do‘stlik jamiyatlari muhim ahamiyat kasb etishini va aloqalarni yanada rivojlantirishini ta’kidlab o‘tdi. Shundan keyin yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi o‘rinbosari Toshev Azamat so‘zga chiqdi.
U o‘z nutqida hozirgi O‘zbekiston keng dunyoga ochilib borayotganini, yurtimizga ko‘plab investorlar qiziqish bildirayotganini ta’kidlab, hozir ta’sis etilayotgan do‘stlik jamiyatlari xorijiy aloqalarni yanada yuksaltirishga asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi. Yig‘ilishda do‘stlik jamiyati raisi, o‘rinbosari va jamiyat tarkibi bir ovozdan ma’qullanib saylandi.