O‘zbekiston Respurblikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2024-yil 16-martdagi 26-son bayoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan yangi О‘zbekiston Chexiya, Belorus, О‘mon, Shimoliy Makedoniya, Kanada, Ispaniya bilan dо‘stlik jamiyatlarini tashkil etish bo’yicha ta’sis majlislari o’tkazildi.
Chet mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalarni zamon talablari asosida rivojlantirish, Oʻzbekiston hayotining turli jabhalarida erishilayotgan yutuqlarni chet ellarda keng targib qilish, xorijiy mamlakatlar jamoatchiligini xalqimizning boy tarixi, madaniyati, adabiyoti va sanʼati bilan muntazam tanishtirib borish, xalq diplomatiyasi imkoniyatlaridan kengroq foydalanib yuqorida qayd etilgan mamalakatlar bilan aloqalarimiz har sohada yanada rivojlanishi kutilmoqda..