2024 yil 16-dekabr kuni O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga Qozogʻiston Respublikasi Sharqshunoslik institutining ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari G.Duysen boshchiligida olimlar delegatsiyasi tashrif buyurdi. Qozoq olimlari yangi tarixni yozishda oʻzbek olimlari bilan hamkorlik aloqalari Markaziy Osiyodagi bugungi jarayonlarni toʻliq qamrab olishda juda muhimligini taʼkidlab oʻtishdi. Uchrashuv konstruktiv ruhda oʻtdi va tomonlar kelgusi xalqaro konferensiyalarni hamkorlikda tashkil etishga kelishib olishdi.