Bugun, 23-dekabr kuni Sharqshunoslik institutida taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor marhum Ashraf Ahmedov xotirasiga bag'ishlangan xotira tadbiri bo'lib o'tdi. Unda olimning maslakdoshlari, hamkasblari, shogirdlari va oila-a'zolari ishtirok etib, marhum xotirasiga iliq so'zlarni so'zladi.
Ustoz faoliyati davomida 300dan ortiq ilmiy asarlar yaratib, kelajak avlod uchun ulkan meros qoldirib ketdi. Ulug' bobolarimiz ilmiy merosining o'rganilishi va kelajak avlodlarga yetkazilishida mislsiz mehnat sarfladi. U kishining xotirasi qalbimizda mangu qolsa, yaratgan boy ilmiy merosi yurtimiz ilm-fa'ni rivoji uchun abadiy xizmat qiladi.