SJ News II - шаблон joomla Авто

"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Sunday, 29 December 2024 05:20

UMUMTURKIY MEROSNING XALQARO E’TIROFI

Rate this item
(0 votes)

Shu yilning 13-dekabr kuni Parijdagi UNESCO shtab-kvartirasida “Dunyoni leksikografiyada xaritalash: “Devonu lug‘otit turk” tavalludining 950 yilligiga bag‘ishlangan” xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjuman doirasida turkiy dunyoning boy merosi va intellektual an’analari ramzi bo‘lgan mazkur asarning ozarbayjon tiliga tarjimasi hamda Istanbuldagi Ali Amiriy Afandi kutubxonasida saqlanayotgan “Devonu lug‘otit turk”ning asl nusxasidan ko‘chirilgan maxsus tayyorlangan nusxasi taqdim etildi. Yig‘inda turkiy davlatlarning Fransiyada akkreditatsiyadan o‘tgan elchilari, UNESCO ishlari bo‘yicha milliy komissiyalar bosh kotiblari va turkiy davlatlarning UNESCOdagi doimiy vakillari, shuningdek, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston, Vengriya va boshqa davlatlarning taniqli olimlari ishtirok etdi.

Xalqaro miqyosdagi ushbu anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori t.f.d., prof. B.Abduhalimov “Toshkentda saqalanayotgan Ali Qushchining ilmiy merosi” nomli hamda O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, t.f.d., K.Rahimov “Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari turkologiya tarixidagi noyob qimmatli qomusiy manba” nomli ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining UNESCO tashkilotidagi doimiy vakili Dr. Komiljon Rahimovga maxsus tashakkurnoma taqdim etdi. Bundan tashqari K.Rahimov Parij shahriga safari davomida Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanayotgan Narshaxiyning “Tarixi Buxoro” asarining eng qadimgi qo’lyozmasining elektron nusxasini olishga ham muvaffaq bo’ldi. Ushbu muhim manba mazkur asarni yanada to’liqroq anglashimizga katta hissa qo’shadi.

Read 19 times Last modified on Sunday, 29 December 2024 05:34
More in this category: « 2024-YIL YAKUNLARI Unesco »

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…