Xonliklar davrida jamoat tartibi va xavfsizlik mavzusi, qonunchilikdagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda vazirlik buyrug‘i — IIBBda navbatdagi ma’rifat soati o‘tkazildi.
Tadbirda tarix fanlari doktori Sherali Qo‘ldoshev "Xonliklar davrida jamoat tartibi va xavfsizlik" mavzusida ma’ruza qilib, mavzuni yoritib bergan bo‘lsa, Bosh boshqarma Yuridik ta’minlash bo‘linmasi mas’ul xodimi tomonidan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni shaxsiy tarkib e’tiboriga yetkazildi.
Shuningdek, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining hududiy mas’ullari tomonidan profilaktika o‘rnida xodimlar bilan bog‘liq holatlar o‘qib eshittirildi.
Bosh boshqarma Jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘limi xodimi tomonidan IIVning 2024-yil 5-oktyabr kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkil etish, malaka toifasi va reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i mazmun mohiyati yetkazildi.