SJ News II - шаблон joomla Авто

""Adolat" sosial-demokratik partiya Siyosiy Kengashi raisi"

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Аbu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilindi.
Xususan, mazkur qaror bilan Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʼiston boʼlimi va Xorazm Maʼmun akademiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularda madaniy meros obyektlari, shu jumladan, arxeologiya merosi obyektlari, muzey ashyolarini restavratsiya va konservatsiya qilishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil qilish hamda ularni zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash hamda Аbu Rayhon Beruniy merosini oʼrganish maqsadida xalqaro miqyosda keng koʼlamli ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini eʼlon qilish, shu mavzuda ilmiy, badiiy-publitsistik asarlar yaratish, xorijiy olimlarning asarlarini oʼzbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilish belgilandi.

2022-yil 4-5-avgust kunlari O'zR FA Sharqshunoslik institutida Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA), O’zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan hamkorlikda “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etishning dolzarb masalalari” mavzusida akademik U.Karimov nomidagi yosh sharqshunoslarning XVIII xalqaro konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiya 4-avgust kuni soat 10:00 da Institut majlislar zalida boshlanadi. Konferensiya o’zbek, turk, ingliz va rus tillarida olib boriladi.

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek ko’chasi, 79.

 

Dastur

Page 32 of 57

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…