SJ News II - шаблон joomla Авто

"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

2024-yil 03-May kuni  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga  O‘mon Sultonligining savdo, sanoat va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash vaziri Qays bin Muhammad al-Yusuf boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Institut direktori prof. B. Abduhalimov kutib oldi.

 Mehmonlarga dastlab institutning ilmiy faoliyati, institut ilmiy-tadqiqot bo‘limlari va institut xodimlari   tomonidan nashr  etilgan kitoblar haqida ma’lumot berib o‘tildi. Shundan keyin mehmonlar majlislar zaliga kirib, institut binosining ochilish marosimi va qurilish bosqichi suratga olingan video lavhani tomosha qilishdi. Institutning faoliyati, yangi binosi va ilmiy nashrlari mehmonlarga juda katta taassurot qoldirdi. Tashrif yakunida tomonlar o`zaro esdalik sovg`alirini almashishdi.  Mehmonlar samimiy qabul uchun katta minnatdorchilik bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Dunyoda boshqa tildan so‘z o‘zlashtirmagan til yo‘q. Ma’lum bir tilning lug‘at tarkibi boyishi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy umuman hayotning barcha jabhalarida juda katta o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Fan va texnikaning jadallik bilan rivojlanishi esa har bir tilga yangi so‘zlar, tushunchalarning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Globallashuv davrida o‘zbek tiliga ham xorijdan juda ko‘p yangi so‘zlar kirib kelmoqda. Bunday so‘zlarni xalq turli xil idrok etadi. Ba’zilar ongli ravishda, ayrimlar esa so‘zning tarixi, kelib chiqishi, o‘zbek tiliga yoki boshqa tilga mansubmi yo‘qmi uni o‘ylab o‘tirmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy o‘zlashmani ishlatib ketaveradi. Mana shunday davrda ziyoli qatlam, xususan tilshunoslar, yozuvchi hamda jurnalistlarning muhim bir vazifasi paydo bo‘ladi. U ham bo‘lsa o‘z tilining sofligini asrash. 

Xo‘sh, tilning sofligini qanday saqlab qolish mumkin? 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbek tilidagi taklif qilingan muqobilini qo‘llash, muqobili yo‘q so‘z va atamalarni o‘zbek tilining imlo va talaffuz me’yorlariga moslashtirish bo‘yicha takliflar”ning taqdimotida tilimiz rivojiga oid ko‘plab savollarga javob berildi. 

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori Nizomiddin Mahmudov olib bordi. 

 

—Tilning sofligini saqlab qolish uchun turli soha vakillari o‘zbek tilshunoslari bilan hamkorlik qilishlari shart, — deydi filologiya fanlari doktori, professor Durdona Xudoyberganova. — Xorijdan kirib kelgan har qanday so‘zni to‘g‘ridan to‘g‘ri muomalaga kiritmaslik kerak. Bunday so‘zlarga tanqidiy nuqtayi nazardan yondashilib, uning o‘zbekcha muqobili bormi, degan savolni har bir odam o‘ziga berishi zarur. Albatta, tilimizda bunday imkoniyatlar yetarli, chunki o‘zbek tili jahondagi eng boy tillardan biri. 

Shuningdek, tadbirda filologiya fanlari doktori, professor Yorqinjon Odilov o‘zbek tiliga chet tillaridan kirib kelgan o‘zlashma so‘zlarni milliy muqobillariga almashtirish bo‘yicha taqdimot qildi. Chet tillaridan kirib kelgan o‘zlashma so‘zlar asosan fan, texnika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish kabi sohalarga aloqador. Ushbu o‘zlashma so‘zlar boshqa davlatlar bilan o‘zaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar natijasida o‘zbek tiliga xorijiy tillardan kirib kelgan so‘zlar hisoblanadi. 

Masalan, qurilish sohasida najdak qog‘ozi (najdachnaya bumaga) so‘ziga ko‘p marotaba duch kelamiz. Ushbu o‘zlashma so‘zga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan qumqog‘oz, jilvirqog‘oz so‘zlari muqobil so‘z sifatida tavsiya qilingan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida qumqog‘oz so‘zi faol qo‘llangani sababli mos muqobil sifatida tanlangan. 

Ijtimoiy shart-sharoitlar sababli o‘zbek tiliga rus tilidan “krujka” shaklidagi so‘z o‘zlashgan. Asli yunoncha bo‘lgan mazkur o‘zlashma “metall, plastmassa yoki chinnidan yasalgan tutqichli idish” ma’nosini anglatadi. O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan “krujka” so‘ziga milliy muqobil so‘z sifatida sarxum, krujka so‘zlari tavsiya qilingan. Biroq “sarxum” so‘zi ma’nosida “katta”, “bosh” semalari borligi uchun muvofiq ko‘rilmadi. Uning o‘rniga shevalarimizda mavjud bo‘lgan “do‘lcha” so‘zini qabul qilish tavsiya etiladi. 

Muhokamadan so‘ng bildirilgan fikr-mulohazalar inobatga olinib, taklif etilayotgan atamalar qayta ishlanadi hamda Fanlar akademiyasining rasmiy sayti academy.uz ga joylanadi. 

N.Rahmonova, R.Nazarmatov (surat, video), O‘zA

مكتبة البيروني أيقونة معمارية فريدة تعبر عن العلاقات المتينة بين سلطنة عمان وجمهورية أوزبكستان

Page 5 of 62

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…