SJ News II - шаблон joomla Авто

""Adolat" sosial-demokratik partiya Siyosiy Kengashi raisi"

12-dekabr 2022 yil O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga Markaziy Osiyo xalqaro institutiga “XIX asr o’zbek va qozoq mutafakkirlari dunyoqarashida umumiy tarixiy-madaniy merosni mustahkamlash va rivojlantirish”  mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan bir qator qozog’istonlik olimlar jumladan, Matijanov  Kenjexan Slyamjanovich- M.O.Avezov nomidagi adabiyot va san’at instituti bosh direktori, filologiya fanlari doktori , Batirxan Bolatbek Shadenuli – R.B.Sulaymonov nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy kotibi, PhD, Kidir Torali Edilbayuli M.O.Avezov nomidagi adabiyot va san’at instituti bosh direktori o’rinbosari, filologiya fanlari doktori, Aubakir Jandos Magazbekovich – L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiya milliy universiteti, “Abay akademiyasi” ilmiy tadqiqot instituti direktori, filologiya fanlari doktori  tashrif buyurdilar. Mehmonlarni direktorning ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari S.Karimova, fond mudiri Sh.Islomov va institut xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i  U.Raxmanov kutib oldilar.

Mehmonlarga direktor o’rinbosari S. Karimova tomonidan institut tarixi va faoliyat yo’nalishlari, hozirgi kunda olib boriladigan turli xil tadqiqotlar haqida ma’lumot berib o’tildi. Uchrashuvda “Markaziy Osiyo tarixi” bo’limi boshlig’i A.Xo’jayev, “Tarixiy manbashunoslik” bo’limi boshlig’i H.Lutfullaev, “Sharq mumtoz adabiyoti” bo’limi boshlig’i  S.Eshonovalar ham ishtirok etishdi. Uchrashuvda mehmonlar institut haqidagi o’zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi. Xususan, elektron nusxa olishning tartib-qoidalari, onlayn katologlarning hozirgi ishlash prinsiplari, bo’limlar tomonidan amalga oshirilayotgan nashrlar, restavratsiya va skanerlash bo’limining faoliyatlari ularni juda qiziqtirdi. Qozog’iston vakillari bilan ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va birgalikda nashrlar qilish yo’llari haqida muzokalar olib borildi. Institutning hozirgi faoliyati mehmonlarda juda katta qiziqish uyg’otdi va kelajakda institut  bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish yo’llarini o’ylab ko’rish lozimligini ta’kidlab o’tdilar.      

Birozdan so’ng mehmonlar restavratsiya va skanerlash bo’limi faoliyati bilan tanishish uchun restavratsiya bo’limiga tashrif buyurdilar. Bo’limdagi olib borilayotgan kitoblarni ta’mirlash va mulyaj ishlari mehmonlarga juda katta qiziqish uyg’otdi. Tadbir 1 soat davom etdi. Shundan keyin mehmonlar iliq kutib olingan qabul uchun institut xodimlari jamoasiga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.  

 

 

“Al-Azhar” universiteti kutubxonasi va arxiv fondidagi O‘zbekistonga oida qo‘lyozma asarlari o‘rganilmoqda
 

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan xorijdagi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik davom etmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi M.Qilichevning bevosita sa’y-harakatlari bilan “Al-Azhar” universiteti kutubxonasi fondida saqlanayotgan jami 49 361 ta qo‘lyozma haqidagi ma’lumotni o‘zida mujassam qilgan 28 kitobdan iborat yangilangan fixrist va aynan shu noyob ma’lumotlarni o‘z ichida jamlagan 50 GB hajmdagi elektron fayl 8 ta CD-diskda ham keltirildi.

 

 

Ma’lumot uchun: “Al-Azhar” universiteti Fotimiylar davlati davrida (909—1171) tashkil etilgan bo‘lib, tarixi ming yilliklarga borib taqaladi va Islom olamida “Ilm markazi” degan nom olgan. Universitetda arab tili, mantiq, aqida, fiqh, tasavvufdan chuqur bilim beriladi va asrlar davomida arab tili va grammatikasini o‘rganishda buyuk bobokalonimiz Mahmud az-Zamaxshariyning “Al-Mufassal” asaridan foydalanib kelinmoqda. “Al-Azhar”ning kutubxona fondida ko‘plab atoqli olimlar asarlari qo‘lyozmalarining nusxasi mavjud. Xususan, o‘rta asrlar allomalaridan Imoddidin Ismoil ibn Ahmad Ibn Said Ibn Asir, Ibrohim al-As’hariy, Abu Is’hoq at-Tunisiy, Abul Hasan Nuriddin Ali ibn Muhammad ibn Iso al-Ashmuniy, “al-Amir al-Kabir” nomi bilan mashhur bo‘lgan Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Abdulqodir ibn Abdulaziz al-Simbaviy al-Azhariylar ko‘plab asarlarining qo‘lyozma nusxalari saqlanmoqda. Kutubxona fondi juda boy bo‘lib, birgina Jaloliddin Abu alFazl Abdurahmon Abu Bakr ibn Muhammad al-Hudayriy as-Suyutiy asarlarining 1325 ta nusxasi bor.

 

 

E’tiborli tomoni, ushbu kutubxonada yurtimiz allomalarining ko‘plab asarlari qo‘lyozmalarining nusxalari mavjud bo‘lib, xususan, Abu Ali Ibn Sinoning "Al qonun fi at-tib" asari "37 653" raqami ostida saqlanishi aniqlandi. Shuningdek, fondda Sharofiddin Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Al Chag‘miniyga tegishli "Qonuncha" asarining uchta nusxasi, al-Xorazmiy, al-Beruniyning ikkita asari,

at-Termiziyning 153 ta asari, at-Taftazoniyning 479 ta asari nusxalari bor.

 

 

Kutubxona fondida saqlanayotgan qo‘lyozma asarlar haqida to‘liq ma’lumot beruvchi 28 ta kitobda buyuk muhaddis olim Imom Buxoriy asarlarining 415 ta nusxasi ro‘yxati keltirilgan. Jumladan, uning mashhur hadislar to‘plami “Al-Jome’ as-Sahih” (Sahihi Buxoriy) bilan birgalikda “Al-Adab al-Mufrad”, “Az-Zu’afa as-Sag‘ir”, “At-Tarix al-Kabir”, “Xayr al-Kalom fi al-Qiroat xalf al-Imom” va “Xalq af’al al-Ibod” kabi asarlarning qo‘lyozma nusxalari ham mavjud.

Madaniy meros agentligining O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni ilmiy-tadqiq etish boshqarmasida faoliyat olib borayotgan R.Bahodirov, D.Rasulov va I.Qayumovalarning dastlabki ilmiy izlanishlar asnosida yuqorida zikr etilgan ma’lumotlar aniqlandi. Shu bois bu boradagi tadqiqotlarni davom ettirish natijasida yurtimiz tarixiga oid yangi topilmalar kashf qilinishi kutilmoqda.

 

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining bir guruh fidoyi xodimlari, ilm-fan jonkuyarlari “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan   taqdirlanishdi. Barchangizga eʼtirof muborak!

 

 

 

 

 

“Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasidan taqdirlanganlar ro'yxati

 

 

  1.    Ibragimova Elvira Memetovna  Yadro fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi

2.    Azamov Abdulla   Matematika instituti boʻlim boshligʻi, akademik

3.    Moʻminov Ramizulla Abdullayevich  Fizika-texnika instituti laboratoriya mudiri, akademik

4.    Askarov Axmadali  Fanlar akademiyasi akademigi

5.    Parpiyev Odilxoʻja Raimxoʻjayevich  Materialshunoslik instituti direktori

6.    Ashurov Xotam Baxronovich

  Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori

7.    Rafikov Vaxob Asomovich  Seysmologiya instituti direktori

8.    Sultonov Karim  Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori

9.    Tillayev Yusufjon Abdumajidovich   Astronomiya instituti direktor oʻrinbosari

10.    Abdullayev Nasrulla Djalilovich  Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti direktor oʻrinbosari

11.    Aripova Tamara Uktamovna  Immunologiya va inson genetikasi instituti direktori, akademik

12.    Inoyatova Flora Ilyasovna  Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari,  akademik

13.    Nasmetova Saodat Mamajanovna   Mikrobiologiya instituti yetakchi ilmiy xodim

14.    Matniyazova Xilola Xudaybergenovna  Genetika va oʻsimliklar ekspimental biologiyasi instituti yetakchi ilmiy xodimi

15.    Salixanova Dilnoza Saidakbarovna  Umumiy va noorganik kimyo instituti bosh ilmiy xodimi

16.    Namazov Shafoat Sattarovich  Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik

17.    Ashurov Jamshid Mengnorovich   Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri

18.    Sultonov Oʻktambek Abdulganiyevich  Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi

19.    Xamdamov Ulugbek Abduvaxobovich  Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti boʻlim mudiri

20.    Rajabov Kaxramon Kenjayevich  Tarix instituti bosh ilmiy xodimi

21.    Muxtarov Ildar Askadovich  Sanʼatshunoslik instituti boʻlimi mudiri

22.    Raximov Mirzoxid Akramovich  Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi boʻlimi mudiri

23.    Eshonqulov Joppor Saliyevich  Davlat adabiyot muzeyi direktori

24.    Uljabayeva Surayyo Baxrombekovna  Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori oʻrinbosari

25.    Aripdjanov Otabek   Sanʼatshunoslik instituti katta ilmiy xodimi

26.    Turgunov Murodjon Tursunboyevich  Davlat va huquq instituti direktori

27.    Tulyaganov Abdumannop Abdujabbarovich  Davlat va huquq instituti direktori oʻrinbosari

28.    Tashkulov Jurabay   Davlat va huquq instituti xodimi

29.    Gafurova Muborak Vaxidovna  FA Fizika-matematika va texnika boʻlimi rahbari oʻrinbosari

30.    Tashpulatov Javlon Jamondinovich  FA Kimyo-biologiya fanlari boʻlimi rahbari-ilmiy kotib

31.    Karimov Ulugʻbek Timerbayevich  FA Kimyo-biologiya fanlari boʻlimi rahbari oʻrinbosari

32.    Mustafayeva Nodira Abdullayevna  FA Ijtimoiy-gumanitar fanlar  boʻlimi rahbari-ilmiy kotibi

33.    Payziyeva Muqaddas Xabibullayevna   FA Ijtimoiy-gumanitar fanlar  boʻlimi rahbari oʻrinbosari

34.    Maxmudov Oʻtkur Sobirjon oʻgʻli   Tashkiliy-tahliliy boʻlim boshligʻi

 

 

https://academy.uz/uz/news/mukofotlar-muborak

 

 

Қарақалпақ тилине тил бийлиги берилген күн мүнәсибети менен усы бүгинниң өзинде Ташкент қаласында, Өзбекстан Илимлер Академиясының Шығыстаныў институтында “Ғəрезсизлик жылларында қарақалпақ тили ҳəм əдебиятын раўажландырыў мəселелери” атамасында илимий-әмелий конференция болып өтпекте. Бул да өз гезегинде ана тилимизге болған ҳүрметтиң және бир көриниси есапланады.

Толық мағлыўмат

(https://joqargikenes.uz/13615.html)Қарақалпақстан Республикасы Жоқарғы Кеңесиниң Мәлимлеме хызмети

Каналға ағза болыў: @joqargikenes

Page 26 of 56

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…