Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743

22-fevral kuni Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida «Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat rivoji» mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida ishtirokchilarga Temuriylar davrida erishilgan ilmiy yutuqlar haqida nazariy ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘sha davr ilm-fan taraqqiyotini aks ettiruvchi noyob qo‘lyozma asarlar hamda mavzuga doir institutda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan atroflicha tanishtirildi.

Seminar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi 2026-yil 5-fevraldagi PQ–46-sonli Qarorining mazmun-mohiyati ham batafsil tushuntirildi.

Seminar moderatori: institut katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Hamidulla Lutfillayev.

  

2026-yil 3-aprel kuni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahridagi O‘sh davlat universitetida “Globallashuv sharoitida Farg‘ona vodiysida tarix, falsafa, til va etnomadaniyatining muhim masalalari” nomli xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Unda O‘zR Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Qo‘ldashev Sherali Temiralievich “Qadimgi O‘sh shahri tarixi Qo‘qon xonligi yozma manbalarida” mavzuidagi ma'ruzasi bilan qatnashdi. Ushbu xalqaro konferensiyada O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston olimlari bilan hamkorlikda “Farg‘ona vodiysi olimlari assosatsiyasi” Kengashi tashkil qilindi. Tarix faniga oid muhim va yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan muhokama qilindi. 

 

 

 

Hurmatli ilmiy jamoa vakillari!

2026-yil 3-aprel kuni soat 16:00 da O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida taniqli tarixchi olim Aleksander Morrison ishtirokida akademik seminar bo‘lib o‘tadi.

? Seminar mavzusi:
Russian Turkestan and the First World War

?‍? Ma’ruzachi haqida qisqacha:
Aleksander Morrison – Oksford universiteti tarkibidagi 'New College'da faoliyat yurituvchi tarixchi bo‘lib, Markaziy Osiyoning Rossiya imperiyasi davridagi tarixi bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan biridir. U, ayniqsa, "The Russian Conquest of Central Asia (1814–1914)" asari bilan keng tanilgan.

? Manzil:
Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek ko'chasi 79.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.

Barcha qiziquvchilarni seminarimizga taklif etamiz!

Seminarda onlayn ishtirok etuvchilar uchun ZOOM havolasi ???

https://zoom.us/j/95593101768?pwd=4Rme9C7Vah2nNaxm0LQ8uWwRBeugJL.1

955 9310 1768
210637

2026-yil 30-mart kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilm xodimi Faromarzi Fayzullo tomonidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi Institutning bo'limlararo qo'shma majlisida muhokama qilindi.

? Dissertatsiya mavzusi:
“Hofizi Abruning “Zubdat at-tavorix” asari Movarounnahr va Xuroson tarixiga oid manba sifatida (XIV–XV asrlar)”

? Ixtisoslik:
07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari

Muhokama jarayonida savol-javoblar o'tkazildi, dissertatsiya yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.

Yakunida dissertatsiya ishi ijobiy baholanib, keyingi bosqichga tavsiya etildi.

Сурхондарё вилоятида пенсионерлар ҳам иштирок этган наркогуруҳ фаолиятига чек қўйилди.

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, гуруҳ афғон етказиб берувчилар билан тил бириктириб, опийни Ўзбекистон ҳудудига олиб кириш ва уни Термиз шаҳри ҳамда атроф ҳудудларда тарқатиш билан шуғулланган.

Гумонланувчилар қўлга олиниб, улардан наркотик моддалар, пул маблағлари ва 12 килограммдан ортиқ опий мусодара қилинган.

Page 25 of 138

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…