"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI
Joriy yilning iyul-avgust oylarida Sharqshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi, t.f.d. O’.A.Sultonov Avstriya Fanlar Аkademiyasining Eronshunoslik institutida amalga oshirilayotgan “Nomads' Manuscripts Landscape. Investigating Literary Evidence for Transculturation in Medieval Iran and Central Asia (13th – 15th centuries)” loyihasida ishtirok etish uchun Vena shahrida bo’lib qaytdi.
Avstriya Fanlar Akademiyasi 1847-yilda Imperatorlik Fanlar Akademiyasi (Kaiserliche Akademie der Wissenschaften) sifatida tashkil etilgan va uning birinchi prezidenti etib taniqli sharqshunos Jozef von Hammer-Purgshtall (1774-1856) saylangan. 1920-yildan muassasa Avstriya Fanlar Akademiyasi shaklida qayta tashkil etilgan. Bugungi kunda ÖAW (Österreische Akademie der Wissenschaften) qisqartmasi bilan tanilgan ushbu maskan nafaqat Avstriya, balki dunyodagi eng yirik ilmiy izlanishlar olib boriladigan, ko’plab Nobel mukofoti sovrindorlarini yetishtirgan dargoh sanaladi. ÖAW turli fan sohalari bo’yicha yirik hamda yosh olimlarga mo’ljallangan maqsadli ilmiy loyihalarni ham moliyalashtirib boradi. Bugungi kunda ÖAW tarkibida arxeologiyadan tortib to molekulyar biologiya va kvant fizikasiga sohalarida izlanish olib boruvchi 26 ta institut faoliyat yuritmoqda. Xususan, ijtimoiy fanlar yo’nalishida Arxeologiya instituti, Eronshunoslik instituti, Sharq madaniy va ma’naviy tarixi instituti, Ijtimoiy antropologiya instituti, O’rta asrlar tadqiqi instituti, Habsburglar saltanati va Bolqon tarixini o’rganish instituti, Madaniyat va teatr tarixi institutlari ish olib boradi (https://www.oeaw.ac.at).
Eronshunoslik instituti 2003-yilda taniqli eronshunos Prof. Bert Fragner (1941-2021) tashabbusi bilan tashkil etilgan. Muassasa Eronshunoslik instituti deb nomlansa-da, u yerda qadimiy va zamonaviy eroniy tillar og’zaki yoki yozma tarzda muomalada bo’lgan mintaqalar tarixi hamda madaniyati, ularning qo’shni xalqlar bilan aloqalari kabi keng ko’lamli mavzularda tadqiqotlar olib boriladi. So’ngi yillarda institutda Florian Schwarts, Kristina No’lle-Karimiy, Paolo Sartori, Ulfatbek Abdurasulov, Bruno de Nicola, Shtefan Kamola va boshqa bir qator taniqli olimlar tarafidan O’rta Osiyo, xususan O’zbekiston tarixiga oid yirik ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, har yili turli muammolarga bag’ishlangan yuqori saviyadagi xalqaro ilmiy seminarlar va yosh olimlar uchun Yozgi o’qishlar tashkil etib kelinmoqda (https://www.oeaw.ac.at/ifi/institut/ueber-das-institut). Institut O’zbekistondagi ilmiy muassasalar bilan ham yaqindan hamkorlik qilib keladi. Jumladan, 2012-2018 yillarda Baxtiyor Babadjanov, Nuryog’di Toshov, Nigora Allayeva, O’ktambek Sultonov, Nasriddin Mirzayev kabi bir qator o’zbekistonlik olimlar mazkur dargohda o’z izlanishlarini olib borganlar.
Professor Bruno De Nicola rahbarlik qilayotgan ushbu loyiha 2020-2025 yillarga mo’ljallangan bo’lib Avstriya Fanlar Аkademiyasi tarafidan moliyalashtirilgan. Loyihada Eron va O’rta Osiyoning mo’g’ullargacha va mo’g’ullar istilosidan keyingi davrdagi qo’lyozma kitob madaniyati an’analari va taraqqiyotini o’rganish maqsad qilib olingan. Shuningdek, unda xorijlik mutaxassislarning muddatli ishtirok etishi, ularning mazkur sohada o’zaro tajriba almashishi ham ko’zda tutilgan. Loyihaning o’zbekistonlik ishtirokchisi bo’lgan O’.A.Sultonov tomonidan mamlakatimiz hududida saqlanayotgan XV asrgacha boʼlgan arab va fors tillardagi qadimiy qoʼlyozmalarni saralash, tavsiflash hamda mualliflarning biografiyasini tayorlash ishlari olib borildi.
Izlanishlarning birinchi bosqichida O’zbekiston musulmonlar idorasi, Alisher Navoy nomidagi Adabiyot muzeyi, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O’zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, O’zbekiston milliy kutubxonasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi fondlari, B.Aminov hamda Sh.Ziyodov tasarrufidagi XII-XV asrlarda ko’chirilgan Qur’oni Karim, shuningdek fiqh, tafsir, kalom, hadis kabi turli mavzulardagi jami 23 ta asar saralab olindi. Ularning eng qadimgisi hijriy 585-yil 1-safarda (1188-y., 4-aprel) ko’chirilgan Mahmud b. Ishoq qalamiga mansub “Hoshiyat ‘ala nahv” nomli asardir. Bu qo’lyozma bugungi kunda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi Manbalar xazinasida saqlanmoqda. Bundan tashqari, yurtimizdagi shaxsiy kolleksiyalarda ham qadimiy qo’lyozmalar mavjudligi ma’lum bo’ldi. Masalan, B.Aminov shaxsiy kolleksiyasidagi Masʿud al-Bag’aviyning (vaf. 516/1122) “Masobih as-Sunna” nomli asari hijriy 746-yil ramazon oyida (1345-y., dekabr – 1346-y., yanvar) ko’chirilgan. Sh.Ziyodov kolleksiyasidan o’rin olgan Abu Amr Usmon al-Muqriy ad-Doniy (vaf. 444/1053) qalamiga mansub “At-Taysir fi al-qira’at as-Saba‘” nomli asar esa hijriy 761-yilning 28-jumod ul-avval kuni (1360-y., 15-april) ko’chirib tugatilgan.
O’rganilgan qo’lyozmalarning ikkitasi o’sha davrning mashhur madrasalarida ko’chilgani e’tiborni tortadi. Xususan, yuqorida tilga olingan Masʿud al-Bag’aviyning “Masobih as-Sunna” kitobi Xorazmshohlar davlatining sobiq poytaxti Gurganchdagi Turabik Xonim madrasasida 1345-1346 yillarda ko’chirilgan. Bu madrasa Oltin O’rdaning Xorazmdagi noibi Qutlug’ Temur (h.y. 1320-1330) hokimligi davrida qurilgan. Imom al-Jazaryning (751-833/1350-1429) “al-Husn al-hasin” nomli asari esa muallif hayotligi davrida, aniqrog’i 821/1418 yilda, Hirot shahri tashqarisidagi Ruhobod mahallasida joylashgan Jaloliya madrasasida ko’chirilgan ekan.
Izlanishlarning ikkinchi bosqichida saralab olingan 23 ta asar bilan bog’liq bo’lgan muallif, asar va qo’lyozmaning kodikologik xususyiatlari haqidagi batafsil qaydlar o’rin olgan ma’lumotnomalar yozilib loyihaning asosiy natijasi bo’lgan APIS (Austrian Prosopographical | Biographical Information System) onlayn ma’lumotlar bazasiga kiritilgan. APIS ma’lumotlar bazasiga bugungu kunda Eron, O’zbekiston va boshqa mamlakatlar qo’lyozmalar fondlarida saqlanayotgan yuzlab asarlar alohida ID raqami bilan kiritilgan. Asarlar haqidagi ma’lumotnomada tavsiflanayotgan qo’lyozmaning kodikologik xususiyatlaridan tashqari uning mazmuni, tadqiq etilishi, zamonaviy nashrlari haqidagi qaydlar ham kititilgan. Shuningdek, APIS ma’lumotlar bazasiga hozirgacha 500 ga yaqin tarixiy shaxs haqida ma’lumot kiritilgan. Bu shaxslar asosan qaydga olingan asarlarning mualliflari, ularning ustoz va shogirdlari, qo’yozmalarning kotiblari va egalaridan iborat. E’tiborli tomoni APIS bazasidan foydalanish samaradorligi va qulayligini ta’minlash uchun ma’lumotlar o’zaro bir biriga bog’langan. Hozirda loyihada rejalaishtirilgan izlanishlar jadal davom etmoqda. Mutaxassislarning fikricha, loyiha natijalari Eron va O’rta Osiyada musulmon qo’lyozma kitoblar madaniyati tarixi va taraqqiayoti tadqiqida alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Uning amaliy natijasi sifatida yaratilayotgan APIS onlayn bazasi esa noyob qo’lyozmalar haqidagi ma’lumotlarni saqlash bilan birga, sohadagi imiy izlanishlarni mukammallashtirishda ham alohida ahamiyat kasb etadi.
* Fursatdan foydalanib, tadqiqotchi ushbu safarni amalga oshirishda tashabbus ko’rsatgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori, professor B.Abduhalimov, Avstriya Fanlar Akademiyasi Eronshunoslik Instituti direktori, professor F.Shvarts hamda projekt rahbari, professor Bruno De Nicolaga o’z minnatdorchiligini bildiradi.
Фанлар академиясининг юбилей тадбирлари 2023 йил 12–14 декабр кунлари Тошкент шаҳрида ўтказилади.
“Ўзбекистон Фанлар академияси ташкил топганлигининг 80 йиллигига бағишланган юбилей тадбирларини ўтказишнинг ташкилий чора-тадбирлари тўғрисида”ги президент қарори қабул қилинди.
Қарорга кўра, Фанлар академиясининг юбилей тадбирлари 2023 йил 12–14 декабр кунлари Тошкент шаҳрида ўтказилади.
Шунга кўра, қуйидагилар ташкил этилади:
- “Илм-фан – Янги Ўзбекистон пойдевори” мавзусида халқаро конференция;
- Инновацион ишланмалар кўргазмаси;
- Фанлар академиясининг ҳақиқий аъзолигига (академикликка) танлов;
- “Ўзбекистон Республикаси Фанлар академиясининг тарихи” экспозицияси.
??Joriy yilning 25–28-sentabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyati, uning jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda Toshkent shahrida xalqaro anjuman oʻtkaziladi.
?Konferensiya yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar uchun +998712075700 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Абу Райҳон Беруний ҳаёти ва ижодига бағишланган кўргазма очилиши муносабати билан ЮНЕСКО Бош қароргоҳида атоқли бастакор Дмитрий Янов-Яновский асарининг жаҳон премьераси ҳам бўлиб ўтди. Бастакор “Зиж - Буржлар таронаси” асарини Шарқнинг тўрт буюк мутафаккири: Ал-Хоразмий, Ибн Сино, Абу Райҳон Беруний ва Мирзо Улуғбек сиймосига ҳурмат тариқасида яратган.
⠀
Алибек Кабдураҳмонов бошчилигидаги Ўзбекистон Миллий симфоник оркестри ижроси санъат ихлосмандларини Ўзбекистон маданий-тарихий меросининг янги қирралари билан таништирди.