"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI
26-aprel kuni O'mon sultonligidan Doktor Ahmad boshchiligidagi mehmonlar Institutga tadhrif buyurdi.
27-aprel kuni Amerika Qoshma Shtatlaridan Santa-Barbaradagi Kaliforniya universiteti tarix va islomshunoslik bo`yicha faxriy professori R. Stephen Humphreys Institutga tashrif buyurdi.
28-aprel kuni Rossiya Fanlar akademiyasi Yaqin Sharq tadqiqotlari markazi rahbari Zvyagelskaya Irina Donovna Institutga tashrif buyurdi.
29-aprel kuni Buyuk Britaniyadan of Oxford Islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy Institutga tashrif buyurdi.
✅Bugun 28-aprel kuni O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida “Uch avlod uchrashuvi” nomli davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirga Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ham taklif etildi.
?Anjumanni 0'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy ishlar bo'yicha direktori o'rinbosari t.f.d. Surayyo Karimova kirish so‘zi bilan boshlab, ijod maktabi o‘quvchilarini “Uchrashuvimizning to‘rtinchi avlod vakillari” deb e’tirof etdi.
Yig‘ilishda ilm fanning turli sohalariga oid mavzularda so‘z yuritildi. Jumladan, O'zR FA SHI bo'lim boshlig'i t.f.n. Odil Qoriev “Manbashunosni tarbiyalash tajribalari” haqida, O'zR FA SHI yetakchi ilmiy xodimi t.f.d. Komiljon Rahimov “Islomshunoslik yo'nalishidagi aktual masalalar” xususida so‘z yuritishdi. O'zR FA SHI doktoranti Zilola Xalilova “Qonunchilikda yoshlar masalalarini” yangi tahrirdagi Konstitutsiya misolida tushuntirib berdi.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi rahbari Hilola Nazirova o‘z nutqida “O'tgan kunlar” romanining birinchi xattoti – Abdulla Nosirov” haqida ma’lumotlar berib o‘tish bilan birga institut kutubxonasiga Habibulla Qodiriyning “Diydor qiyomatga qolsa netayin” kitobini sovg‘a qildi.
♻️Anjuman yakunida ijod maktabining “Chig‘atoy gurungi” musiqa va drama to‘garagi o‘quvchilari tomonidan sahnalashtirilgan “Qasamyod” spektakli namoyish qilinib, “Go‘zal Turkiston” qo‘shig‘i ijro etildi. Tadbir yakunida o‘quvchilar institut binosi bo‘ylab ekskursiya uyushtirishdi.