Joriy yilning 8-12 aprel kunlari Rossiya davlat kutubxonasi Moskva shahrida “Hujjatlar restavratsiyasi: konservatizm va innovatsiyalsr” mavzusida VII Xalqaro ilmiy-amaliy seminar o’tkazdi.
Seminarning rasmiy ochilish marosimida Rossiya davlat kutubxonasi bosh direktori Duda Vadim Valerevichning nutqi
Mazkur seminarda Rossiya Federatsiyasi, Mustaqil davlatlar hamdo’stligiga kiruvchi mamlakatlarning hamda Turkiyaning yetakchi kutubxona va fondlaridan konservator, restavrator mutaxassislar ishtirok etishdi.
Seminar ishtirokchilari
O’zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institute Konservatsiya va restavratsiya bo’limi xodimi B. Xodjayeva ham “Sharq qo’lyozmalari restavratsiyasining o’ziga hosliklari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi. Sharq qo’lyozmalari restavratsiyasi yo’nalishiga bir qancha soha vakillari qiziqdilar va aynan shu yo’nalishda o’z malakalarini oshirish istagini bildirdilar.
Xodjayevaning “Sharq qo’lyozmalari restavratsiyasining o’ziga hosliklari”
Seminardagi ma’ruzalar konservatsiya va restavratsiyaning barcha jabhalarini o’z ichiga qamrab oldi, jumladan, kutubxona fandlarida monitoring o’tkazish, qo’lyozmalardagi dog’larning sabablari va ularni tozalash, tasviriy san’at asarlarini, tarixiy hujjatlarni, charm, qog’oz, gazeta va pergamentni qayta tiklash, siyoh hamda pigmentlarning qog’ozga ta’siri kabi masalalar kunning birinchi yarmida yoritildi. Kunning ikkinchi yarmida bir vaqtning o’zida turli yo’nalishlarda 6-7 ta mahorat darsi jihozlangan laboratoriya va o’quv xonalarda o’tkazildi.
Moskva shahridagi Sharq xalqlari san’ati davlat muzeyi oliy toifali restavrator-rassomi Yu.S. Berezin “Dublirovka qilish usullari: xitoy va yaponiya usuli” nomli mahorat darsini kata zalda o’tkazdi va har ikki uslubning bir-biridan farqini ko’rsatib berdi.
Yu.S.Berezinning mahorat darsi
RDK 1-darajali restavratori N.O. Omelchuk “Qattiq zararlangan hujjatlarni yapon qog’ozi bilan mustahkamlash” nomli mahorat darsida bo’laklarga bo’linib ketgan tarixiy hujjatlarni kislota miqdorini neytrallashtirish, tozalash va ularni ho’l holatida ta’mirlash bo’yicha garb uslubini o’rgatdi.
N.O. Omelchukning mahorat darsi
Aynan shu kutubxona Muqovalash bo’limining 6-darajali muqovasozi D.S. Levinaning “Kitobning blok qismini tikish” nomli mahorat darsida 4 hil uslubda kitob, broiyura va jurnallarni tikishni orgatdi.
D.S.Levinaning mahorat darsi
Shu bilan birga RDK Preventiv konservatsiya sektori boshlig’I A.A. Kasheyev “Turli stratigrafik hususiyatli fotohujjatlar: biozararlanishini meyorlashtirish” mahorat darsida fotohujjatlarning zararlanishiga sabab bo\luvchi omillar va ularni bartaraf etish va to’g’ri saqlash bo’yicha amaliy bosqichlarni ko’rsatib berdi.
А.А. Kasheyevning mahorat darsi
O’tkazilgan seminar qardosh o’lkalardagi soha mutaxassislarini bir joyga yig’ish, konservatsiya va restavratsiya sohalarini targ’ib qilish hamda rivojlantirish, o’zaro tajriba almashish, yangi bilimlar olish uchun katta maydon bo’lib hizmat qildi. Sharqshunoslik instituti mutaxassisi B.Xodjayeva ham yangi bilim va ko’nikmalar bilan qaytdi. Bu bilimlari qadimiy yozma merosimiz bo’lmish qo’lyozma kitoblarni ta’miriga boshqa rakursdan qarashga, zamonaviy uslublardan foydalanishga, yangi bilimlarini o’z hamkasblariga nafaqat nazariy, balki amaliy ko’rsatib berishga ham katta imkoniyat berdi.
Bu kabi ilmiy-amaliy tadbirlar konservatsiya va restavratsiya sohasining yanada rivojlanishiga katta hissa qo’shadi.
Seminar ishtirokchilarining bir qismi