Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
2026-yil 22-oktabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida “Ibn Sino – G‘arb va Sharq falsafiy tafakkurining buyuk namoyandasi” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Buyuk tabib va qomusiy olim Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini chuqur oʻrganish va uni keng targʻib qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 575-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etildi. Ushbu konferensiya 2030-yilda alloma tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish yo‘lidagi muhim amaliy bosqich bo‘ldi.
An’anaviy va Zoom platformasi orqali masofaviy shaklda o‘tkazilgan konferensiyada O‘zbekiston, Tojikiston, Eron, O‘mon, Misr, Yaponiya, Fransiya va Afg‘oniston kabi davlatlardan yetakchi sharqshunos, faylasuf, matnshunos va tibbiyot sohasida faoliyat olib borayotgan olimlar ishtirok etdi. Dastur doirasida 3 ta tilda (o‘zbek, ingliz va rus) jami 34 ta ilmiy ma’ruza tinglandi.
Anjumanda Abu Ali ibn Sinoning Sharq va G‘arb ilm-fani taraqqiyotidagi o‘rni, falsafiy va tibbiy qarashlari, qo‘lyozma asarlarini tadqiq etish hamda ilmiy merosini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi. Ma’ruzalarda alloma asarlaridagi nazariy qarashlar, ularning tarixiy manbalari va zamonaviy tadqiqotlardagi talqinlari yoritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi Kamoliddinov Farrux Burxoniddin o‘g‘lining “Fors ko‘rfazi arab davlatlarining O‘zbekiston Respublikasi bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalari” mavzusidagi 07.00.03 – Jahon tarixi ixtisosligi doirasida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.Tar.06.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil «05» noyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100170, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 79-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta majlislar zali.
Tel.: +998(71) 262 54 61
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi Idiyev Akbar Avaz o‘g‘lining “XVI–XVII asrlar yozma manbalarida Movarounnahrdagi etnik jarayonlar” mavzusidagi 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosligi doirasida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.Tar.06.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil «05» noyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100170, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 79-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta majlislar zali.
Tel.: +998(71) 262 54 61
Hurmatli Sharqshunoslik instituti ustozlari, xodimlari, qadrli hamkasblar!
Sharqshunoslik instituti uchun ustozlik va ilmiy faoliyat — ilmiy an’analar va avlodlar davomiyligini ta’minlovchi muhim qadriyatlardir. Sharq xalqlarining ko‘p asrlik tarixi, madaniyati va ilmiy merosini o‘rganish, qadimiy qo‘lyozma va yozma manbalarni tadqiq etish hamda ularni ilmiy muomalaga kiritish borasidagi izlanishlarda ustozlarning ilmiy tajribasi va maktabi alohida o‘rin tutadi.
Bugungi kunda institutimiz jamoasi manbashunoslik, tarixshunoslik, Sharq xalqlari tarixi va madaniyati, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, manbalar tarjimasi kabi yo‘nalishlarda samarali ilmiy-pedagogik faoliyat olib borib, milliy va jahon ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda. Bu jarayonda yosh tadqiqotchilar va mutaxassislarni tayyorlash, ularga ilmiy izlanish olib borish ko‘nikmalarini singdirish ustivor vazifalardan biridir.
Shu qutlug‘ ayyomda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti jamoasining barcha professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, ustoz va murabbiylarini chin qalbimdan muborakbod etaman! Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda yangi yutuqlar, tadqiqotlaringizda muvaffaqiyatlar hamda shogirdlaringiz kamolini ko‘rish baxtini tilayman.
Ilmga sadoqatingiz, ustozlik mas’uliyatingiz va sharqshunoslik ilmiy maktabining rivojiga qo‘shayotgan hissangiz bardavom bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli ustozlar va murabbiylar!
Hurmat bilan, Sharqshunoslik instituti direktori, tarix fanlari doktori, professor Komiljon Rahmatovich Rahimov
2026-yil 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti huzuridagi DSc.05/2025.27.12.Tar.06.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida ikki nafar tadqiqotchining tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Xusnutdinov Filipp Romanovich – O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi. Uning “Intellektualnaya biografiya Sayyida Maxmuda Tarazi – predstavitelya emigratsii ‘ulama’ iz sovetskoy Sredney Azii v Saudovskuyu Araviyu” mavzusidagi dissertatsiyasi 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosligi bo‘yicha himoya qilindi. Tadqiqotda XX asrda Markaziy Osiyodan Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tgan ulamolar vakili, Saudiya Arabistonidagi o‘rtaosiyolik muhojirlar jamoasining ma’naviy yetakchilaridan biri Sayyid Mahmud Taraziyning hayoti, ilmiy-ma’rifiy faoliyati va intellektual merosi tadqiq etilgan.
Tojiyev Dostonjon Beknazar o‘g‘li – O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi. Uning “Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida ilmiy va madaniy hamkorlik” mavzusidagi dissertatsiyasi 07.00.03 – Jahon tarixi ixtisosligi bo‘yicha himoya qilindi. Mazkur tadqiqotda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi ilmiy va madaniy hamkorlikning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikning asosiy mexanizmlari tahlil qilingan.
Ilmiy kengash majlisida dissertatsiyalar yuzasidan ilmiy kengash a’zolari va mutaxassislar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilib, tadqiqotlarning ilmiy natijalari muhokama qilindi. Har ikki tadqiqotchi ham dissertatsiya himoyasini muvaffaqiyatli yakunlab, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun zarur bosqichni muvaffaqiyatli o‘tdilar. Filipp Xusnutdinov va Dostonjon Tojiyevni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi ilmiy faoliyatida yangi izlanishlar, muhim ilmiy natijalar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.