"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Warning: Creating default object from empty value in /home/diaatuz/domains/beruni.uz/public_html/components/com_k2/views/itemlist/view.html.php on line 743
O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida "Ismat ul anbiyo" asarining taqdimoti bo'lib o'tdi.
Mazkur nashr O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan yagona nusxa asosida tayyorlandi va ilmiy jamoatchilikka taqdim etildi.
"Qashqadaryoda xizmat safarida yurganimda Qarshi – Chiroqchi katta yo‘li yoqasida bir til-adabiyot o‘qituvchisi qurimizga kelib qo‘shildi. Salom-alikdan so‘ng “Sizni tanidim, o‘n yilcha oldin “Mashrab” kitobingizni o‘qigandim. Undagi ma’lumotlar, mulohazalar menda va boshqa domlalarda ham kuchli taassurot qoldirgandi. Biroq oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay ularning ilmga hech qanday foydasi, ta’siri ko‘rinmadi. Darsliklarga biror o‘zgarish kiritilmadi, Boborahim Mashrabga oid ma’lumotlar o‘sha eski holicha turibdi. Hozirgacha o‘quvchilarimga bu mavzuda dars o‘tishga qiynalaman. Tadqiqotchilarning haqiqatga yopishmay turgan ko‘plab talqinlari va tarixiy voqealari o‘z o‘rnini topolmay har tarafga sochilib ketgan... O‘qituvchining ahvolini o‘zingiz tasavvur qilib olavering. Yosh avlodga bunday ma’lumotlarni berish – ularni aldash deb o‘zimdan norozi bo‘laveraman” degandi u.
O‘sha yo‘l yoqasida ikki Mashrab haqidagi gurung ancha cho‘zildi. Voqealari yo‘q tarix... Keling, bugun unga birgalikda nazar tashlaylik. Balki o‘sha voqealarni ular yo‘q joylardan qidirib yurgandirmiz".
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Kutubxona-axborot faoliyati” fakulteti tashabbusi bilan “Raqamli texnologiyalar sharoitida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishning konseptual asoslari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli konferensiya raqamli texnologiyalar asrida ijtimoiy-gumanitar fanlarni yangi bosqichga olib chiqish, kutubxona-axborot faoliyatini takomillashtirish, ta’lim tizimiga innovatsion pedagogik yondashuvlar hamda sun’iy intellekt imkoniyatlarini keng joriy etish yo‘lida o‘zaro tajriba almashish uchun muhim ilmiy maydon vazifasini bajardi.
Anjuman davomida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Sherali Qo'ldoshev T “jadidlar.uz elektron platformasida san'at va madaniyat masalalari” mavzusidagi dolzarb ma’ruzasini taqdim etdi.




2026-yil 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida tarixshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishida muhim ilmiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Kunning birinchi yarmida institut tadqiqotchisi Idiyev Akbar Avaz o‘g‘li tomonidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “XVI–XVII asrlar yozma manbalarida Movarounnahrdagi etnik jarayonlar” mavzusidagi dissertatsiya ishi institut bo‘limlararo qo‘shma majlisida muhokama qilindi.
Muhokama davomida dissertatsiya ishining ilmiy dolzarbligi, manbashunoslik asoslari, tadqiqot natijalari va ilmiy yangiliklari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Yakunda mazkur tadqiqot ishi keyingi bosqichga tavsiya etildi.
Shuningdek, shu kunning ikkinchi yarmida institut huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash majlisida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Aminov Hamidulla Abdiraximovichning tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Shayboniylar davrida fiqh ilmi va uning manbalari” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengash majlisi yakunida X.A. Aminovning dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli o‘tgani e’tirof etildi. Mazkur ilmiy tadbirlar institutda tarixshunoslik, manbashunoslik va yozma meros tadqiqotlari izchil davom etayotganini, yosh va yetuk tadqiqotchilar ilmiy izlanishlarining muhim bosqichlarga ko‘tarilayotganini yana bir bor namoyon etdi.
Institut jamoasi nomidan tadqiqotchilarni ushbu muhim ilmiy bosqichlar bilan tabriklaymiz hamda kelgusi ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!