2026-yil 3-aprel kuni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahridagi O‘sh davlat universitetida “Globallashuv sharoitida Farg‘ona vodiysida tarix, falsafa, til va etnomadaniyatining muhim masalalari” nomli xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Unda O‘zR Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Qo‘ldashev Sherali Temiralievich “Qadimgi O‘sh shahri tarixi Qo‘qon xonligi yozma manbalarida” mavzuidagi ma'ruzasi bilan qatnashdi. Ushbu xalqaro konferensiyada O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston olimlari bilan hamkorlikda “Farg‘ona vodiysi olimlari assosatsiyasi” Kengashi tashkil qilindi. Tarix faniga oid muhim va yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan muhokama qilindi.




