Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Ablat Xo'jayevning "Tanlangan asarlari to'plami" ning 6-jildi nashr etildi.
Ushbu kitobda 372 yil yashagan Qoraxoniylar davlati tarixiga oid Xitoy Xalq Respublikasi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar hamda Xitoyning g‘arbiy chegara siyosatiga oid ishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, Sin imperiyasining Sharqiy Turkistonni bosib olishi, Xitoyda islom dini, musulmonlarning hozirgi ahvoli va ularni o‘rganish masalalari, musulmonlar hayoti hamda islom tarixiga oid tadqiqotlar ham kiritilgan. Kitob tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar va keng doiradagi kitobxonlar jamoasi uchun foydalidir.