2026-yil 13-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida «Bilimkent» seminari doirasida navbatdagi ilmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Londonda faoliyat yurituvchi mustaqil yozuvchi va muharrir Dr. Tomas Uelsford «Meaning and understanding in the history of Jadidism» mavzusida ma’ruza qildi. Seminarni tarix fanlari doktori Qahramon Yakubov olib bordi.
Ma’ruza davomida jadidchilik tarixini o‘rganishda g‘oyalar mazmuni va ularning talqin etilishi, tarixiy matnlarni tushunish usullari hamda zamonaviy tarixshunoslik yondashuvlari haqida atroflicha fikr yuritildi. Tadbirda ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va doktorantlar ishtirok etdi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘rtasida savol-javoblar va ilmiy munozaralar bo‘lib o‘tdi, mavzu yuzasidan fikr almashildi.







