2026-yil 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan Islom tarixi, san’ati va madaniyati bo‘yicha tadqiqotlar markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “Sharqshunoslarning akademik Ubaydulla Karimov nomidagi XXI xalqaro ilmiy konferensiyasi” muvaffaqiyatli tashkil etildi. Tadbir Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida bo‘lib o‘tdi va konferensiyaning ya;pi yig'ilishi soat 10:00 da o‘z ishini boshladi. Mazkur nufuzli ilmiy anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar ishtirok etib, sharqshunoslik, islom tarixi, san’ati va madaniyati masalalari yuzasidan dolzarb ilmiy ma’ruzalar taqdim etdilar hamda samarali ilmiy munozaralar olib borildi. Konferensiya ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, yangi tadqiqot yo‘nalishlarini belgilash va tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.







