"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Thursday, 23 April 2026 09:27

“Bilimkent”

Rate this item
(0 votes)

 “Bilimkent” seminarining navbatdagi ilmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 22-aprel kuni “Bilimkent” seminarining navbatdagi ilmiy uchrashuvi muvaffaqiyatli tashkil etildi. Unda Eron filologiyasi bo‘yicha falsafa doktori, professor Orif Navshohiy mehmon sifatida ishtirok etdi.

Uchrashuv mavzusi:
“Rashahot ayn al-hayot” asarining O‘zbekiston tasavvufi tarixidagi o‘rni

Professor Orif Navshohiy o‘z ma’ruzasida fors tilidagi qo‘lyozma manbalar, ularni kataloglashtirish, matnshunoslik va bibliografiya masalalari hamda tasavvuf manbalarini o‘rganish bo‘yicha olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari haqida atroflicha to‘xtaldi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan qiziqarli savollar berilib, mavzu yuzasidan ilmiy munozaralar olib borildi.

Bunday ilmiy uchrashuvlar ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va tasavvuf manbalarini chuqurroq o‘rganishga xizmat qilmoqda.

 

 

 

 

 

 

Read 5 times

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…