Sharq qo‘lyozma merosini o‘rganish, ularning saqlanish holati hamda restavratsiya tajribalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy seminar muvaffaqiyatli tarzda bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida fransiyalik yetakchi mutaxassislar Dr. Mariye Eftimiu va Prof. Fransis Richard hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining restavratorlari Nodira Saidova va Islomjon Rahimov tomonidan o'zlarining olib borayotgan tadqiqotlari doirasida dolzarb ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in savol-javoblar, ilmiy munozaralar va fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi. Mutaxassislar tomonidan bildirilgan mulohazalar tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, qo‘lyozmalarni saqlash va restavratsiya qilish jarayonlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Tadbir ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro tajriba almashish va kelgusidagi qo‘shma loyihalar uchun muhim zamin yaratdi.








