Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti hamda STERNA Heritage xalqaro tashkiloti hamkorligida ALIPH 2025–4160 Central Asia granti doirasida 2026-yil 12–15-may kunlari “O‘zbekiston va Qozog‘iston kutubxonalarida qo‘lyozmalarni konservatsiya va restavratsiya qilish bo'yicha trening” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
? Mazkur loyiha Oʻzbekiston va Qozogʻiston kutubxonalari hamda ilmiy markazlarida saqlanayotgan qoʻlyozma merosini asrash, konservatsiya va restavratsiya qilish bo‘yicha zamonaviy tajribalarni oʻrganish hamda mutaxassislar malakasini oshirishga qaratilgan.
? Seminarning birinchi kunida qoʻlyozmalarni konservatsiya qilish va saqlashning asosiy tamoyillari haqida nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
? Seminar anʼanaviy maʼruza shaklidagi darslardan farqli ravishda, soha mutaxassislari uchun nazariy bilimlarni amaliy koʻnikmalar bilan uygʻunlashtiruvchi hamda xalqaro tajriba almashinuvini taʼminlovchi muhim platforma sifatida xizmat qilmoqda.






