"Qashqadaryoda xizmat safarida yurganimda Qarshi – Chiroqchi katta yo‘li yoqasida bir til-adabiyot o‘qituvchisi qurimizga kelib qo‘shildi. Salom-alikdan so‘ng “Sizni tanidim, o‘n yilcha oldin “Mashrab” kitobingizni o‘qigandim. Undagi ma’lumotlar, mulohazalar menda va boshqa domlalarda ham kuchli taassurot qoldirgandi. Biroq oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay ularning ilmga hech qanday foydasi, ta’siri ko‘rinmadi. Darsliklarga biror o‘zgarish kiritilmadi, Boborahim Mashrabga oid ma’lumotlar o‘sha eski holicha turibdi. Hozirgacha o‘quvchilarimga bu mavzuda dars o‘tishga qiynalaman. Tadqiqotchilarning haqiqatga yopishmay turgan ko‘plab talqinlari va tarixiy voqealari o‘z o‘rnini topolmay har tarafga sochilib ketgan... O‘qituvchining ahvolini o‘zingiz tasavvur qilib olavering. Yosh avlodga bunday ma’lumotlarni berish – ularni aldash deb o‘zimdan norozi bo‘laveraman” degandi u.
O‘sha yo‘l yoqasida ikki Mashrab haqidagi gurung ancha cho‘zildi. Voqealari yo‘q tarix... Keling, bugun unga birgalikda nazar tashlaylik. Balki o‘sha voqealarni ular yo‘q joylardan qidirib yurgandirmiz".
"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Saturday, 23 May 2026 13:55
O‘zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Abdusattor JUMANAZAR Boborahim Mashrab hayotiga doir yangi ma'lumotlarni taqdim qilmoqda:
Published in
Yangiliklar