"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Wednesday, 03 June 2026 10:40

Ilmiy nashrlar targ‘iboti yo‘lida yangi hamkorlik

Rate this item
(0 votes)

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti hamda “Bayoz” nashriyoti o‘rtasida institut olimlari tomonidan tayyorlangan ilmiy, ilmiy-ommabop va ma’rifiy adabiyotlarni nashr qilish hamda tijoratlashtirish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Mazkur hamkorlik Sharqshunoslik institutida yaratilayotgan ilmiy ishlanmalar, tarixiy-manbaviy tadqiqotlar va madaniy-ma’rifiy nashrlarning keng kitobxonlar ommasiga yetib borishiga xizmat qiladi. Shuningdek, institut ilmiy salohiyatini nashriyot amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish, yangi kitoblar nashrini tizimli yo‘lga qo‘yish va ularning targ‘ibotini kuchaytirish imkonini beradi.
Ushbu kelishuv ilm-fan, nashriyot sohasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

 

Read 9 times

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…