Taniqli manbashunos olima, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Yusupova Dilorom Yunusovna 85 yoshni qarshiladi.
Dilorom Yusupova oʻrta asrlarning yirik tarixchisi va davlat arbobi Fasih Xavofiyning Amir Temur hokimiyatga kelish arafasidan to Temuriylargacha boʻlgan 140 yillik davrni qamrab olgan "Mujmali Fasixiy" nomli asarni fors tilidan rus tiliga oʻgirib, unga mukammal ilmiy izohlar berib, 1980-yil nashr etdi, 2018-yilda esa, bu noyob manbaning toʻldirilgan tarjimasini oʻzbek tiliga chop qildi. U ushbu yirik asarning tarjimasini amalga oshiribgina qolmay, uning ustida chuqur ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Ilmiy ishlarining natijalari sifatida 1974-yilda “Mujmali Fasixiy” – Oʻrta Osiyo va Oʻrta Sharq tarixi va madaniyati tarixi manbasi sifatida” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 2001-yilda esa Xondamir ijodi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Dilorom Yusupova hali sharqshunoslikda nomaʼlum boʻlgan qimmatli maʼlumotlarni ilmiy jihatdan tahlil etib, fanni boyitdi va shu davri boʻyicha tarix fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.
Dilorom Yusupova koʻp yillik mehnatlari natijasida 2011-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2021-yilda “Mehnat faxriysi" koʻkrak nishoni bilan, 2023-yil “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Akademik Dilorom Yunusovnani bugungi tavallud ayyomi bilan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan muborakbod etamiz. Ilm atalmish bu mashaqqatli yo’lda yana uzoq yillar sobitqadamlik bilan mamlakatimiz ilm-fani rivojida o’z hissalarini qo’shishda, yoshlarga ilm ziyosini taratishda charchamasliklarini tilab qolamiz!
Tuesday, 21 July 2026 06:48
Akademik Dilorom Yusupova 85 yoshni qarshiladi
Published in
Yangiliklar
Latest from admin
- Tabrik xati.
- Xalqaro ilmiy hamjamiyat va nufuzli arboblardan Sharqshunoslik instituti rahbariga e’tirof va tabriklar
- Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga cdirektor tanishtirildi
- “Yosh sharqshunoslar yozgi maktabi” ishtirokchilari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida
- Xalqaro ilmiy hamjamiyat va nufuzli arboblardan Sharqshunoslik instituti rahbariga e’tirof va tabriklar