2026-yil 8-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida «Bilimkent» ilmiy seminarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Ierusalimdagi Yahudiy universiteti Osiyo va Afrika mamlakatlari tadqiqotlari instituti direktori, professor Michael Shenkar “Арабское завоевание Согда и конец согдийской цивилизации” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruza davomida Arab xalifaligi istilolari davrida Sug‘d hududida yuz bergan siyosiy, madaniy va sivilizatsion o‘zgarishlar, Sug‘d sivilizatsiyasining tarixiy taraqqiyoti hamda uning tanazzulga yuz tutish omillari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, Sug‘d tarixini o‘rganishga doir zamonaviy ilmiy yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, qizg‘in ilmiy munozaralar tashkil etildi.
Tuesday, 08 September 2026 15:33
«Bilimkent» ilmiy seminarining navbatdagi majlisi
Published in
Yangiliklar
Latest from admin
- 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak!
- Dissertatsiyalar himoyasi bo'lib o'tdi
- Yangi nashr. Professor Ablat Xodjayevning "Tanlangan asarlar to'plami"ning 6-jildi nashr etildi
- Tabrik xati.
- Xalqaro ilmiy hamjamiyat va nufuzli arboblardan Sharqshunoslik instituti rahbariga e’tirof va tabriklar