SJ News II - шаблон joomla Авто

""Adolat" sosial-demokratik partiya Siyosiy Kengashi raisi"

Monday, 30 December 2019 04:47

O’ZR FA SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI MUHAMMADRIZO OGAHIY QO’LYOZMALARIDAN NUSXALAR SOVG‘A QILDI

Rate this item
(1 Vote)

 

 16-17 dekabr kunlari Xorazm viloyati, Xiva shahridagi Qiyot mahallasida mumtoz shoir, mohir tarjimon va saroy tarixnavisi Muhammadrizo Erniyozbek o’g’li Ogahiyning 210 yillik yubileyi keng nishonlandi. Sanaga bag’ishlab hukumat tomonidan Ogahiy uy-muzeyi qayta restavratsiya qilindi. Shuningdek, ona tili va adabiyot fanlariga ixtisoslashtirilgan Ogahiy ijod maktabi tashkil topdi.

 

O’zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ushbu sanaga atab ijod maktabiga Ogahiyning bir qancha dastxat qo’lyozmalardan fotonusxalar taqdim etdi. Jumladan, O’zR FA SHI Yosh olimlar kengashi raisi, ogahiyshunos olima Hilola Nazirova o’quvchilar uchun “Ogahiy – muarrix” nomli ma’ruza o’qidi. Darsni o’quvchilar va pedagoglar jamoasi qiziqish bilan tinglashdi. Mahorat darsi barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

 

Dars nihoyasida O’zR Fanlar akademiaysi Sharqshunoslik, Matematika va Tarix instituti ma’muriyati tomonidan ijod maktabiga taqdim qilingan kitoblarga maktab direktori Sarvar Abdullaev minnatdorchilik bildirdi. 

 

 

 

Read 3057 times Last modified on Wednesday, 08 January 2020 17:13

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…