Respublikamiz bo'ylab o'tkazilayotgan "Kitobxonlik haftaligi" doirasida samarali mehnati bilan yuqori natijalarga erishgan bir qator axborot-kutubxona mutaxassislari "Axborot-kutubxona a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar. Taqdirlanganlar orasida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti kutubxona mudiri Rana Magrufova ham e'tirof etildi.
Taqdirlanganlarni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan tabriklaymiz, sharafli mehnat faoliyatlariga zafarlar tilaymiz!