SJ News II - шаблон joomla Авто

"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Saturday, 26 November 2022 09:20

“Turkiy adabiyot namunalari” 100 jildlik majmuasining taqdimoti bo’lib o’tdi

Rate this item
(0 votes)

Bugun, 22-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida “Turkiy adabiyot namunalari” 100 jildlik majmuasining taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi tomonidan tashkil etildi.

Turkiy davlatlar hamkorligi kengashining 2019-yil 15-oktabr kuni Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida o’tkazilgan yettinchi sessiyasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Turk dunyosi adabiyotining 100 jildlik to’plamini tayyorlash taklif qilingan edi.

Ushbu to’plam O’zbekiston, Turkiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozarbayjon hamda tashkilotga kuzatuvchi maqomida bo’lgan Turkmaniston va Vengriyalik 11-21-asrlarda yashab ijod qilgan 629 nafar shoir, yozuvchi va mutafakkirlarning asarlaridan tashkil topgan.

Ushbu to’plamni tayyorlashda 200dan ortiq tarjimon, 100dan ortiq adabiyotshunoslar, yozuvchilar jalb etildi. To’plam 200 ming tirajda chop etilishi mo’ljallangan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Read 338 times Last modified on Saturday, 26 November 2022 09:35

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…