Insoniyat paydo bo‘libdiki, eng dolzarb, eng mashaqqatli va eng qiyin vazifa – yoshlar tarbiyasi masalasi bo‘lib kelgan. Barcha alloma, mutafakkirlar, millatning ziyolilari jamiyat rivoji, mamlakat farovonligi, tinchligu xotirjamligini yoshlar tarbiyasi bilan bog‘laganlar. Bu bejiz emas. Qayerda tarbiya masalasini ta’lim bilan, milliy qadriyat, an’analar bilan uzviy bog‘liqlikda hal etishga harakat qilingan bo‘lsa, o‘sha joyda rivojlanish, taraqqiyot bo‘lgan. Fanlar akademiyasida akademiklar va yoshlar uchrashuvlari doimiy tashkil etiladigan tadbirlardan biridir. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasida akademik, Sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor Akbar Abdullayevich Hakimov bilan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlarning ”Yosh olimlar kengashi” rais va rais oʻrinbosarlari ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Batafsil? Davra suhbati (https://academy.uz/uz/news/ilm-fan-taraqqiyotini-yoshlar-yaratadi)