Bugun bir qator xorijlik olimlar - Toshkentda madaniy meros haftaligi doirasida bo'lib o'tayotgan “O`zbekiston madaniy merosi – Yangi renesans asosi” anjumani ishtirokchilari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga tashrif buyurdilar. Mehmonlar Institutning yangi binosi bilan yaqindan tanishdilar. Institut direktori tarix fanlari doktori, professor Bahrom Abduhalimov mehmonlarga Institutning faoliyati haqida qisqacha so`zlab berdi. Namoyish etilgan hujjatli film va Institut qoshida tashkil etilgan yangi muzey xorijliklarga katta taa’surot qoldirdi.