2023-yil 26-sentabr kuni Abu Rahyon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga Abay nomidagi Qozog’iston Milliy Pedagogika Universiteti professori, Sarkitkan Kaster va mazkur Universitetning dotsenti Bolatbek Batirxan tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut ilmiy kotibi N.Jabbarov va xalqaro aloqalar bo’limi mutaxassisi U.Raxmanovlar kutib olishdi. Dastlab N.Jabbarov mehmonlarga institutning ilmiy faoliyat doirasi, institut ilmiy bo’limlari faoliyati va institut yangi binosi haqida ma’lumot berib o’tdi. Mehmonlarni qiziqtirgan savollarga Institutning faxri hisoblangan tarix fanlari doktori, akademik Dilorom Yusupova va Institutning yosh iqtidorli xodimi, tarix fanlari bo`yicha PhD Xurshid Azimov javob berdilar. Tomonlar bir-birlariga o`zlarining nashrlaridan taqdim qildilar. Shundan keyin mehmonlar institutning restavratsiya, skanerlash va kutubxonasini ko’zdan kechirishdi. Birgalikda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinib, bir qator takliflar ilgari surildi. Institut faoliyati va unda amalga oshirilayotgan ishlar mehmonlarga juda katta ta’surot qoldirdi.