2023-yil 18-Oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga Oman Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Janob Habib Muhammad Al-Rashdi va Toshkent shahridagi Oman Sultonligi elchixonasi konsuli janob Saud Hamed Al-Yahyage tashrif buyurdi.
Mehmonni institutning ilmiy kotibi N.Jabborov, fond mudiri Sh.Islomov va Xalqaro aloqalar bo’limi mutaxassisi U.Raxmanovlar kutib olishdi. Mehmonga institutning ilmiy faoliyati, institut ilmiy-tadqiqot bo’limlari va institut xodimlari tomonidan nashr etilgan nashrlar haqida institutning ilmiy kotibi N.Jabborov tanishtirib o’tdi. Undan keyin mehmonga institutning restavratsiya va skanerlash bo’limlari ko’rsatilib, yangi bino qurilishi bo’yicha ma’lumotlar berildi. Mehmonga institutning faoliyati va ilmiy nashrlari juda katta ta’surot qoldirib, iliq qabul uchun katta minnatdorchilik bildirdi.