SJ News II - шаблон joomla Авто

"ADOLAT" SOSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI

Friday, 15 December 2023 16:52

XORIJLIK MEHMONLAR TASHRIFI

Rate this item
(0 votes)

2023-yil 14-dekabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga  Tatariston Fanlar akademiyasi prezidenti Minnixanov Rifkat Nurgalievich,  Tatariston Fanlar akademiyasi  vitse-prezidenti Timerxanov Aynur Axatovich, Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori Alikberov Alikber Kalabekovich, Javaharnal Neru universiteti professori K.Wariko   tashrif buyurishdi.

 Mehmonlarga dastlab institutning ilmiy faoliyati, institut ilmiy-tadqiqot bo‘limlari va institut xodimlari   tomonidan nashr  etilgan kitoblar haqida ma’lumot berib o‘tildi. Undan keyin mehmonlarga institutning restavratsiya va skanerlash bo‘limlari ko‘rsatilib, yangi bino qurilishi  bo‘yicha  ma’lumotlar berildi. Shundan keyin mehmonlar majlislar zaliga tushishdi. Institut direktori Prof. B.Abduhalimov mehmonlarga institut faoliyati va kelajakda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar haqida gapirib berdi. Shundan keyin mehmonlar  so‘zga chiqib  o‘z faoliyatlari haqida institut xodimlariga ma’lumot berib o‘tishdi. Mehmonlarga institutning faoliyati, yangi binosi va ilmiy nashrlari juda katta ta’surot qoldirib, iliq qabul uchun katta minnatdorchilik bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Read 324 times

BIZ BILAN BOG'LANISH

Top
We use cookies to improve our website. By continuing to use this website, you are giving consent to cookies being used. More details…