“Tarixiy va adabiy manbashunoslikning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy seminar bo'lib o‘tdi.
⚛️ Guliston davlat pedagogika instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Ilm-fan targ‘ibot markazi hamkorligida “Ilm-fan karvonlari” loyihasi doirasida “Tarixiy va adabiy manbashunoslikning dolzarb masalalari” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy seminar o‘tkazildi.
? Seminarda “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” hamda “O‘zbek tili va tillarni o‘qitish” kafedralari professor-o‘qituvchilari, talabalar, magistrlar va tadqiqotchi olimlar ishtirok etishdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu seminarda Fanlar Akademiyasi olimlarining tarixiy va adabiy manbashunoslikga oid ma‘ruzalari tinglandi. Ayniqsa, “Bobur va Boburiylarga oid manbalar tasnifi” va “Abri bahor san’atining qayta tiklanishi” kabi mavzulardagi ma’ruza va amaliy ko‘rgazmalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.