2024-yil 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga O‘mon Sultonligidan yurtimizga sayohat qilish maqsadida kelgan sayyohlar tashrif buyurishdi. Mehmonlarni institutning ilmiy kotibi Nemat Jabborov, Xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi Umid Raxmanov va institutning doktoranti Ibrohim Usmonovlar kutib olishdi.
Mehmonlarga dastlab institutning ilmiy faoliyati, institut ilmiy-tadqiqot bo‘limlari va institut xodimlari tomonidan nashr etilgan kitoblar haqida ma’lumot berib o‘tildi. Shundan keyin mehmonlar majlislar zaliga tushib, institut binosining ochilish marosimi va qurilish bosqichi suratga olingan video lavhani tomosha qilishdi. Undan keyin mehmonlarga institutning restavratsiya, skanerlash bo‘limlari va kutubxonasi ko‘rsatilib, institut faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Mehmonlarga institutning faoliyati, yangi binosi va ilmiy nashrlari juda katta ta’surot qoldirib, iliq qabul uchun katta minnatdorchilik bildirdi. Mazkur tashrif O‘zbekiston bilan Ummon Sultonligi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.