2024-yil 22-Aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Sharqshunoslik institutiga о‘monlik sayyoh va bloger Nasser Al-Numani tashrif buyurdi.
Mehmonni institutning ilmiy kotibi N.Jabborov va Xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi U.Raxmanovlar kutib olishdi. Mehmonga institutning ilmiy faoliyati, institut ilmiy-tadqiqot bo‘limlari va institut xodimlari tomonidan nashr etilgan nashrlar haqida ilmiy kotib N.Jabborov tanishtirib o‘tdi. Undan keyin mehmonga institutning yangi binosi ko‘rsatilib, yangi bino qurilishi bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Mehmonda institutning faoliyati va ilmiy nashrlari juda katta taassurot qoldirib, iliq qabul uchun katta minnatdorchilik bildirdi.
Xalqaro miqyosdagi bunday do`stona tashriflar, bir tomondan, O`zbekisto bilan O`mon Sultonligi o`rtasidagi do`stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga, ikkinchi tomonfdan esa tomonlar o`rtasidagi hamkorlikni, turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.