2024-yil 22-Avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga Qatar Milliy kutubxonasi ijrochi direktori Tan Huism tashrif buyurdi. Martabali mehmon institut direktori Prof. Bahrom Abduhalimov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida mehmonga institutning ilmiy faoliyati, xodimlar tomonidan chiqarilgan so‘ngi nashrlar va instutut yangi binosi haqida ma’lumotlar berildi. Uchrashuvda ikki tomonlama amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan istiqbolli loyihalar haqida takliflar berildi.
Undan keyin mehmonga institutning restavratsiya, skanerlash bo‘limlari va kutubxonasi ko‘rsatilib, institut faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Mehmonga institutning faoliyati, yangi binosi va ilmiy nashrlari juda katta ta’surot qoldirib, iliq qabul uchun katta minnatdorchilik bildirdi.