2024-yil 28-Avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga Yosh sharqshunoslarning II yozgi maktabi ishtirokchilari va shuningdek, O‘zbekistonda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Xalqaro nadaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Efimovich Shvidkoy yosh sharqshunoslarni tabriklash va ular bilan fikr almashish maqsadida instutga tashrif buyurishdi. Institut direktori Prof. B.Abduhalimov mehmonlarga institut faoliyati va kelajakda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar haqida ma’ruza qilib berdi. Shundan keyin bir nechta ma’ruzachilar o‘z mavzulari va hozirgi sharqshunoslikning dolzarb masalalari yuzasidan ma’ruzalar qilishdi. Ma’ruzalar tugaganidan keyin institut faoliyati va amalga oshirilayotgan ishlar haqida mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar berishdi.
Undan keyin mehmonlarga institutning restavratsiya va skanerlash bo‘limlari ko‘rsatilib, yangi bino qurilishi bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Mehmonlarga institutning faoliyati, yangi binosi va ilmiy nashrlari juda katta ta’surot qoldirib, iliq qabul uchun katta minnatdorchilik bildirdi.