O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-sentyabrdagi “Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-323-sonli qarori e’lon qilingan edi. Shu munosabat bilan 2024 yil 9-oktabr kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida buyuk olim Mirzo Ulug‘bek merosini keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida, “Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” filmi namoyishi hamda uning davriga oid asarlar qo‘lyozmalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Unda olimlar, tadqiqotchilar bilan bir qatorda filmda asosiy rollarni ijro etgan aktyorlar ham ishtirok etdi. Bu tadbir tarix va ilm-fan ixlosmandlari uchun Mirzo Ulug‘bekning boy merosini chuqurroq o‘rganish va qadrlash imkoniyatini yaratadi.